Xushnud - Sog‘indim (Qo‘shiq matni)

Xushnud - Sog‘indim (Qo‘shiq matni)

Xayollarimdasan, kechalari o‘ylayman tanho seni, yorim,
Yuragimdasan, faqat seni bir bor ko‘rmoq istagim, zorim.
Ertaklarimdasan, go‘yo malikasan, sani sog‘ingan shahzodaman,
Bu qalbimdasan, seni jondan sevgan oshiq-u devonaman.

Tunlari so‘rab, qaytishing ko‘zlab,
Qadringga yetmadimmi nahot?
Yuragim so‘rar, uni menga qaytar,
Yorimni sog‘indim, ey, Xudo.

Sog‘indim, meni go‘zalimni,
Sog‘indim, meni yolg‘izimni,
Sog‘indim, yana sog‘indim,
Qachon qaytasan?

Qanotlarim yozib, jonim sen tomonga qilgim keladi parvoz,
Aqldan ham ozib, qolaman yagonam, ishon gaplarimga rost.
Qanotlarim yozib, jonim sen tomonga qilgim keladi parvoz,
Aqldan ham ozib, qolaman yagonam, ishon gaplarimga rost.

Borim-borim, meni dilozorim, zorim,
Meni lablarim, lablarim, seni lablaringni izlar,
Zorim, yorim, meni beg‘uborim, borim,
Bu qo‘llarim seni nozik qo‘llaring so‘rar.

Sog‘indim, meni go‘zalimni,
Sog‘indim, meni yolg‘izimni,
Sog‘indim, yana sog‘indim,
Qachon qaytasan?

Xayollarimdasan, kechalari o‘ylayman tanho seni, yorim,
Yuragimdasan, faqat seni bir bor ko‘rmoq istagim, zorim.
Ertaklarimdasan, go‘yo malikasan, sani sog‘ingan shahzodaman,
Bu qalbimdasan, seni jondan sevgan oshiq-u devonaman.

Xayollarimdasan…
скачать dle 12.0

Автор: MEHMET | 17-04-2017, 10:22
Просмотров: 417
    
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Загрузка...