TOPMUZ.NET

Shahboz va Navro‘z - Qaytarsan (Qo‘shiq matni)

Shahboz va Navro‘z - Qaytarsan (Qo‘shiq matni)

U men emas, seni erkaligingga chidaydigan,
U men emas, qilmishingga ko‘z yumib ketadigan.
U men emas, har bir harakatingga chidaydigan,
U men emas, seni menchalik doim sevadigan.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan,
Mensiz yashay olmasligingni ham aytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan,
Lekin unda kech bo‘ladi, afsuslanarsan.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan,
Mensiz yashay olmasligingni ham aytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan,
Lekin unda kech bo‘ladi, afsuslanarsan.

Qadrim bildim, endi manga san kerak emas,
Soxta, mehrli nigohlaring aslo alday olmas.
O‘sha tanlagan yo‘lingdan ketaver, to‘xtama,
Buyog‘iga qanday yashashni man o‘zim bilaman.

Ko‘zimga qarab yolg‘onlaring so‘zlaysan,
Zarracha vijdoning yo‘q, nahotki uyalmaysan.
Bularni bilsamda, nimadir qalbim qiynar hamon,
Munosabat tugadi, endi barchasi tamom.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan,
Mensiz yashay olmasligingni ham aytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan,
Lekin unda kech bo‘ladi, afsuslanarsan.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan,
Mensiz yashay olmasligingni ham aytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan,
Lekin unda kech bo‘ladi, afsuslanarsan.

Sog‘inganim tan olaman,
Lekin buni bildirmayman.
Vaqtlar davo dardimga,
Unutarman men albat.

Ishongim kelmas yoningda menmas,
Mensiz baxtlimisan, tasavvur etib bo‘lmas.
Ortga nazar sol, qalbga quloq sol,
Baribir bularni yuraging his eta olmas.

Ojizligim faqat shu, yurak senga bog‘langan,
Hayotimdan ketgan bo‘lsang ham yurakdan o‘chmagan.
Muhabbat o‘rtada sarson, o‘z baxtiga yetmagan,
Ne uchun bu yuragim aynan bir seni tanlagan?

Hammasidan to‘ydim bora, qalbim bo‘ldi pora,
Bularni barini his eta olsang eding zora.
Borgan sari uzoqlashib bormoqdamiz tobora,
Mayli ko‘nikarman, shuni tanlading nachora.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan,
Mensiz yashay olmasligingni ham aytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan,
Lekin unda kech bo‘ladi, afsuslanarsan.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan,
Mensiz yashay olmasligingni ham aytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan,
Lekin unda kech bo‘ladi, afsuslanarsan.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan,
Mensiz yashay olmasligingni ham aytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan,
Lekin unda kech bo‘ladi, afsuslanarsan.

Bilaman, bir kun kelib hali qaytarsan,
Mensiz yashay olmasligingni ham aytarsan.
Xatolaringni bilib, qadrim qumsab yig‘larsan,
Lekin unda kech bo‘ladi, afsuslanarsan.

Afsuslanaman sani uchratganimga,
Afsuslanaman sani sevganimga.
Ne bo‘lganda ham hayot etmoqda davom,
Sansiz ham yashay olaman, barchasi endi tamom.
скачать dle 12.0

Автор: MEHMET | 17-04-2017, 10:25
Просмотров: 409
    
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.