Shoxruz (Abadiya) - Jon bersam (Qo`shiq matni)

Shoxruz (Abadiya) - Jon bersam (Qo`shiq matni)

Qani endi o‘zimni azoblamay jon bersam,
Axir kuyib ketdi yuragim, yana yashasam,
Nelar qilay yana, uni unutolmasam.

Aljiragan aqlim, so‘zlarimda ma’no yo‘q,
Uni vaslin sog‘inib ko‘zlarimda uyqu yo‘q.
Nega taqdir ayirdi erta, u bilan meni?

Bahor kelganda, jonim, sog‘inaman uni,
Yozda esa shirin xotiralar qiynaydi meni,
Kuz va qishda ham topolmasam, qaydan izlay uni.

O‘zgaga nasib etganida mayli chidardim,
Xiyonat qilganida mayli kechirardim,
Lek, afsus, u yo‘q bu yorug‘ olamda.

Sevma ey dilrabo sen meni,
Men ado bo‘lganman.
Mayin nafas olib jon bersam deyman,
Axir uni sog‘inganman.

Sen menga ko‘ngil qo‘yma, sen meni sevma,
Meni ko‘rib qolgan kuningni o‘chirib tashla,
Men faqat uni sevaman, seni sevolmayman.

Senga qarasam men uni senda ko‘raman,
Bitmagan yaramni yana tilaman,
Gar sevsang meni, qiynalasan buni bilaman.

Bu labimdagi kulgu meniki emas,
Quvondim deganim chindan emas.
Men uni sevaman hamon, bu yolg‘on emas.

Sen meni ovutma, iltimos yupatma,
Endi hammasi kech, uni oldiga ketaman,
Uni sog‘inganman, uni sevaman.

Sevma ey dilrabo sen meni,
Men ado bo‘lganman.
Mayin nafas olib jon bersam deyman,
Axir uni sog‘inganman.

Ha, sog‘inch shunday tuyg‘u ekan,
U insonda qoidalarsiz harakat qilar ekan.
Yurakni ming parchaga bo‘lib,
O‘z kuyini, o‘z so‘zini aytar ekan.

O‘z sevgisini yo‘qotgan ko‘ngil esa,
Uni qidira, izla telbaga aylanar ekan.
Ha, sevgi shunday ekan.
Hurmat bilan Shoxruz (Abadiya).
скачать dle 12.0

Автор: MEHMET | 17-04-2017, 10:26
Просмотров: 540
    
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Загрузка...